Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Avtomobil tarixi» davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

«Avtomobil tarixi» davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Xabar.uz

Prezidentning «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-dekabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da avtomototransport vositalariga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi orqali «avtomobil tarixi» ma’lumotlarini (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yo‘l transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida)  shartnomaviy asosda aniqlash davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring