Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» 2017-yilda qancha yengil avtomobil ishlab chiqardi?

«GM Uzbekistan» 2017-yilda qancha yengil avtomobil ishlab chiqardi?

Foto: «Mover.uz»

«GM Uzbekistan» AJ 2017-yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 58,1 foizga ko‘tarib, 135,47 donagacha yetkazgan. Bu haqda «UzDaily»ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekistonda 85,67 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatgich 2017-yilda 135,47 mingtani tashkil etgan.

Xususan, «GM Uzbekistan» 2017-yilda «Nexia» ishlab chiqarishni 34,54 mingtagacha (7,4 foizga), «Damas» — 22,49 mingtagacha, «Spark» — 22,36 mingtagacha oshirdi.

O‘tgan yili «Gentra» avtomobilidan 19,16 ming nusxa (2 foizga o‘sish) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, «Cobalt» — 18,01 mingtani (4,6 baravarga), «Matiz» — 13 ming (4,4 baravar), «Captiva» — 4,54 ming (2,1 baravar), «Malibu» 963 donani, «Orlando» esa 388 nusxani (15,5 foiz) tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring