Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» 45 daqiqada avtomobil olib ketishni taklif qildi

«GM Uzbekistan» 45 daqiqada avtomobil olib ketishni taklif qildi

«GM Uzbekistan» AJ barcha dilerlik tarmoqlarida mijoz to‘lov qilgan zahoti olib ketishi mumkin bo‘lgan avtomobillar mavjudligi haqida ma’lum qildi. Ushbu xizmat orqali xaridor o‘zining avtomobilini 45 daqiqa ichida rasmiylashtirib, olib ketishi mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ayni vaqtda kompaniyaning dilerlik tarmoqlarida «45 daqiqada avtomobil!» dasturida «Spark», «Lasetti» (CNG) va «Cobalt» rusumidagi 2259 dona avtomobil savdoga qo‘yilgan. 

Avtomobillarning to‘liq ro‘yxati va miqdori bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

«Mazkur bo‘limdagi ma’lumotlar kundalik tarzda yangilanib boriladi. Dilerlarda mavjud avtomobillar soni sotilgan avtomobillar soniga qarab o‘zgarib borishi mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring