Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oltmish yil avval chiqqan Ferrari rekord miqdordagi pulga sotildi

Oltmish yil avval chiqqan Ferrari rekord miqdordagi pulga sotildi

Nyu-Yorkda RM Sotheby’s auksionida 1962-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 330 LM/250 GTO rekord darajada, 51,7 million dollarga sotildi, deb xabar beradi Bloomberg.

Scaglietti  kuzovli avtomobil auksionda sotilgan eng qimmat Ferrari va 2023-yilda dunyodagi eng qimmat klassik avtomobilga aylandi.

Mashina taxminan 40 yil davomida Ogayo shtatidan bo‘lgan kolleksiyachi Jim Jayegerga tegishli edi. Kimoshdi savdo uyi mashinaning xaridorini oshkor qilmadi.

Rekord bo‘lishiga qaramay, avtomobil narxi kutilganidan past bo‘lgan. Kimoshdi savdosidan oldin RM Sotheby’s auksioni avtomobil taxminan 60 million dollarga sotilishini bashorat qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring