Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruxsatnomasiz tonirovkaning jarimasi qancha?

Ruxsatnomasiz tonirovkaning jarimasi qancha?

Foto: «O‘zA»

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ruxsatnomasiz tonirovka uchun javobgarlik qanday ekanligini eslatib o‘tdi.

Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, (bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno) O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126-moddasiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring