Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bayram kunlari qator ko‘chalar yopiladi (xarita)

Toshkentda bayram kunlari qator ko‘chalar yopiladi (xarita)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligini nishonlash vaqtida poytaxtning bir qator ko‘chalarida barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yil 31-avgust kuni:

  • Amir Temur ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha
  • Buxoro ko‘chasi – Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha
  • Islom Karimov ko‘chasi — Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha
  • Matbuotchilar ko‘chasi – Nuroniylar ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha
  • Istiqlol ko‘chasi – Zarafshon ko‘chasidan — Istiqbol xiyobonigacha
  • Oloy ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan – Istiqlol ko‘chasigacha
  • Mustaqillik ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha
  • Mahtumquli ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha
  • Istiqbol ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha

2018-yil 1-sentyabr kuni mushak otish vaqtida:

  • Seul ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Bobur ko‘chasining O‘rikzor ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Furqat ko‘chasining Sharshara ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • I.Karimov ko‘chasining Sh. Rashidov ko‘chasidan Qoratosh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Afrosiyob ko‘chasining Sh. Rashidov ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Chilonzor ko‘chasining Muqumiy ko‘chasidan Novza ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Novza ko‘chasining Chilonzor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • Baynalminal ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Muqumiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
  • I. Karimov ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Sh. Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.
Foto: Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati

Shuningdek, 2018-yil 1-sentyabr kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan «Lokomotiv-Anhor», G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek, «Ashxobod», «Furqat», «Quyoshcha nuri», «Bog‘ishamol»,  «Do‘stlik» va «Grin Park» bog‘lariga, Hayvonot bog‘i oldidagi maydonga, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldiga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida hamda vaziyat taqozo etganda boshqa ko‘chalarda ham transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring