Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Brin: «Ro‘parangizdagi tog‘ emas, oddiy tepalik»

Sergey Brin: «Ro‘parangizdagi tog‘ emas, oddiy tepalik»

Foto: «The Business Journals»

«Google» asoschilaridan biri kompaniya, startaplar, erkinlik, yoshlar, xatolar va boshqalar haqida.


«Google»

Ko‘plar «Google»ni o‘ta qudratli deb o‘ylashadi, biroq shuni doim yodda tuting, qidiruv tizimlarida, boshqa kompaniyalardan farqli o‘laroq, bir tugmachani bosib boshqa qidiruvchiga o‘tib ketsa bo‘ladi. Odamlar «Google»ni tanlashgani uchun ham undan foydalanishadi. Biz ularni aldamaymiz.

«Search Engine Watch»  uchun intervyusidan, 2003-yil 18-avgust.

Qidiruv

Axborotni qidirish ko‘p odamlar uchun munajjimlar bashorati, birja kotirovkalari va hokazo-hokazo narsalardan anchayin muhim. Ular (raqobatchilar — tahr.) bunga e’tibor berishmadi. Mana, nima uchun ham biz birinchi navbatda Googleni ishga tushirdik. Biz qidiruvga jiddiy diqqat qaratish lozim bo‘lgan muammo sifatida yondashdik.

2004-yil sentyabridagi intervyusidan.

Startaplar

Pullar motivatsiya bo‘lishi kerakmas. Aksariyat startaplarning pichoqqa ilingulik narsasi ham yo‘q. Beixtiyor bu odamlar g‘oyani o‘ylashga besh daqiqa, uni ishlashga yillab sarflagan degan xayolga borasan. Agar ular kallani ko‘proq ishlatishganidami, o‘ylashimcha, nimadir yaxshiroq narsa yaratishgan bo‘lardi.

«JDNet»ga intervyusidan, 2000-yil 14-iyul.

Erkinlik

Juda qudratli kuchlar hamma tomondan, butun dunyodan ochiq internetga hamla qilmoqda. Hozir oldingi paytlardan ham ko‘proq tashvishlanyapman. Yomon...

«Guardian» uchun intervyusidan, 2012-yil 15-aprel.

Muvaffaqiyat

Har kim muvaffaqiyatli bo‘lishni xohlashi tabiiy hol. Biroq meni novator, juda ishonchli, tarbiyali, alal-oqibat dunyoni o‘zgartira olgan odam sifatida eslashlarini istayman.

«ABC News»ga intervyusidan, 2004-yil 20-fevral.


Biznes saboqlari: Maykl Blumberg: «Uoll-stritda bir dunyo boylik topaman deganlarning kamdan-kamiga omad kulib boqqan»


Soliqlar

Nazarimda, soliq aslida bizga kerak bo‘lmagan narsalarga solinishi va aksincha, foyda keltiradiganlari rag‘batlantirilishi kerak. Masalan, havoni ifloslantirganlik uchun soliqlar yuqori bo‘lishi ma’qul. Shunda havoyam tozaroq bo‘lib, behuda xarajatlar ozayarmidi.

«Khosla Ventures CEO Summit», 2014-yil 3-iyul.

Shaharlar

Hayot tarzimiz, yerdan foydalanish katta islohotlarga muhtoj. Katta shaharlarda juda ko‘p yerlar — taxminan 30-50 foiz, mashina turargohlariga ajratilgan, bu g‘irt isrofgarchilik. To‘lib-toshgan yo‘llarning o‘zi ham juda ko‘p yerni «o‘g‘irlaydi».

«Khosla Ventures CEO Summit», 2014-yil 3-iyul.

Yoshlar

Hozir katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarda qandaydir hadik bor. Menda bunaqa bo‘lmagan. Men ko‘rgan kichkina tepacha ularning ko‘ziga o‘tib bo‘lmas ulkan tog‘dek ko‘rinadi.

«Los Angeles Times» учун intervyusidan, 2009-yil, 28-oktyabr.

Xatolar

Ko‘proq qoqilsangiz, bironta arzigulik narsaga duch kelishingiz ehtimoli yuqori.

Devid A. Vayz va Mark Malsidning
«Google tarixi. Davr ru
hidagi portlash» (2007-y.) kitobidan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring