Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

20-fevral kuni O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘adi

20-fevral kuni O‘zbekistonda qor va yomg‘ir yog‘adi

Foto: «gazeta.ru»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 20-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +1 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +4 ... +9 daraja, kunduzi +4 ... +9 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -5 ... 0, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +7 ... +12 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring