Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

4-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 4-iyul kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +19 ... +21 daraja, kunduzi +35 ... +37 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +20 ... +25 daraja, kunduzi +34 ... +39 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +20 ... +25 daraja, kunduzi +34 ... +39 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +20 ... +25 daraja, kunduzi +34 ... +39, Termizda kunduzi +35 ... +40 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +17 ... +22 daraja, kunduzi +33 ... +38 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +12 ... +17, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +17 ... +22, kunduzi +33 ... +38 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring