Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya aralashgach, soliq organi 247 mlrd. so‘mdan «quruq qoldi»

Adliya aralashgach, soliq organi  247 mlrd. so‘mdan «quruq qoldi»

Foto:«Xabar.uz»

Soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish bo‘yicha ozmuncha ishlar amalga oshirilayotgani yo‘q. Shunga qaramay ataylabmi yoki salohiyati yetmaymi, ishqilib, tadbirkorlarning qoniga tashna qilvorayotgan soliqchilar oz emas. Mana, bitta misol.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining «Xabar.uz»ga  taqdim etgan axborotdan soliq organi «Talimarjon Issiqlik Elektr Stansiyasi» AJni yaxshigina «terlatgani» oydinlashadi. Ya’nikim, korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etilmaydigan ko‘char mulklar toifasiga kiruvchi mol-mulklarini ham hisob-kitob qilib,  qo‘shimcha mol-mulk solig‘i hisoblash haqidagi qaror qabul qilingan. Natijada, jamiyatga 2017-2019-yillar uchun jami 247,5 mlrd. so‘m miqdorida asossiz mol-mulk solig‘i hisoblangan.

Mazkur holat yuzasidan vazirlik tomonidan Davlat soliq qo‘mitasiga taqdimnoma kiritildi.

Vazirlikning alohida qayd etishicha, soliq qo‘mitasi taqdimnomani ko‘rib, tepa sochi tikka bo‘lmagan. Aksincha, qonunchilikni bir xilda qo‘llash va yagona amaliyot bo‘lishidan manfaatdor ekanligini bayon etib, qo‘shimcha mol-mulk solig‘i hisoblash to‘g‘risidagi ushbu asossiz qarorni darhol bekor qildi. Shuningdek, aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishini ta’minladi.

Bo‘larkan-ku?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring