Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi portlash bo‘yicha FVV ham rasmiy ma’lumot berdi

Andijondagi portlash bo‘yicha FVV ham rasmiy ma’lumot berdi

Arxiv foto

Bugun, 26-fevral kuni taxminan 10:30da shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikasining isitish qozonxonasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatning kelib chiqishiga, isitish qozonining nosozligi sabab bo‘lgan.

Avariya natijasida, voqea joyidan uzoq bo‘lmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan Andijon shahri 4-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari jabrlangan. 

Aniqlanishicha, 9-sinfning 18 nafar o‘quvchisi va ularni kuzatib borgan 4 nafar o‘qituvchi yengil jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, o‘rta darajadagi jarohatlangan ikki nafar o‘quvchilarga tezkor yordam ko‘rsatilgan. Ularning ham salomatligi qoniqarli darajada, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan, sodir bo‘lgan vaziyatning kelib chiqish sabablari, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Andijon shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari hamda «O‘ztransgaz» mutaxassislari tarkibidan iborat komissiya tuzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring