Angrenda HOWO haydovchisi boshqaruvni yo‘qotdi: ikki kishi halok bo‘lgan
Toshkent viloyati Angren shahrida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi.
Joriy yilning 26-aprel kuni A-373 avtomobil yo‘lining 93-kilometrida HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchisi (1995 y.t) R.N. harakat vaqtida boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada shu yo‘nalishdagi 4 ta transort vositalari bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa natijasida, «Cobalt» avtomashinasida bo‘lgan haydovchi I.X. (1975-y.t.) hamda yo‘lovchi Z.T. (1986-y.t.) 2 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etganlar.
Qolgan transport vositalarida bo‘lgan 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Hozirda holat yuzasidan, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib HOWO yuk mashinasi haydovchisi R.N. protsessual tartibda ushlangan. U hodisada tan jarohati olmagan, deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter