Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayram kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bayram kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, ertaga, 8-dekabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-7, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring