Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemirdagi omborda katta yong‘in yuz berdi

Bektemirdagi omborda katta yong‘in yuz berdi

Bugun, 28-noyabr kuni Bektemir tumani, Somon bozor ko‘chasida joylashgan qog‘oz qutilar saqlash omborxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:07 da qurshab olingan va soat 14:46 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida omborxonaning tahminan 150 kv.m. maydonda ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring