Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Beruniy tumanida sodir bo‘lgan mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Beruniy tumanida sodir bo‘lgan mudhish YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV axborot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida 12-fevral soat 11.30larda mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

1984-yilda tug‘ilgan A.B. o‘zining boshqaruvidagi «Matiz» avtomashinasini Abay OFY hududidan o‘tuvchi «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» A-380 yo‘lining 645-km.da haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, 1987-y.t. Sh.T. boshqaruvidagi «MAN» yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etishi natijasida yuk avtomashinasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Foto: IIV axborot xizmati

Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisi A.B., yo‘lovchilari — 1990-y.t. S.Mamutova, 2019-y.t. M.Q. hamda 1965-y.t. T.R.lar voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, «Matiz» avtomashinasining qolgan yo‘lovchilari, 1989-y.t. S.S., 2000-y.t. D.Q. hamda «MAN» yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.T.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring