Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketganlarning shaxsi ma’lum qilindi

Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketganlarning shaxsi ma’lum qilindi

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalining Chilonzor tumani hududidan o‘tgan qismida uch kishi, jumladan 5 yoshli bola va uning onasi hamda erkak kishi cho‘kib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, ular xorij fuqarolari bo‘lishgan.

Qayd etilishicha, Rossiya fuqarolari – M.Yu.Surkan o‘g‘li M.P.Surkan bilan joriy yilning 10 aprel kuni Bo‘rijar kanali oldida sayr qilib yurgan vaqtlarida bola kanalga ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan. Ushbu holatga guvoh bo‘lgan Xitoy fuqarosi Vu Junan uni qutqarish uchun kanalga sakragan. Ularning ortidan bolaning onasi ham kanalga o‘zini tashlagan. Kuchli oqim ularni suv ostiga g‘arq qilgan.

Shu kunning o‘zida ona bolaning murdalari Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalidan topilgan.

FVV Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida 12 aprel kuni kanaldan Vu Junanning ham murdasi topilgan.

Xitoylik shaxs shu yilning 26 mart kuni tadbirkorlarga tarjimonlik qilish maqsadida O‘zbekistonga kelgani aniqlangan. U 1980 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida yashagan.

Holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring