Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda «Tez yordam» mashinasi ko‘ngilsiz hodisaga uchradi

Buxoroda «Tez yordam» mashinasi ko‘ngilsiz hodisaga uchradi

Buxorodagi chorrahalarning birida «Tez yordam» mashinasi hamda «Lasetti» avtomashinasi to‘qnashuvi yuzaga kelgan. Jarohatlanganlar yo‘q, deya «Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayev.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 26 yanvar kuni soat taxminan 21:30 larda Buxoro shahri hududidan o‘tuvchi Bahouddin Naqshband ko‘chasidagi chorrahada «Tez yordam» mashinasi hamda «Lasetti» avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Kuchli zarb oqibatida «Tez yordam» mashinasi yo‘l chetida bo‘lgan 3x6 hajmdagi tasviriy oyina elektron tablosiga ham borib urilgan. Natijada elektron tabloning ham qulashiga sabab bo‘lgan.

«Tungi chaqiruvga manzil bo‘yicha jo‘nab ketish paytida «Tez yordam» mashinasi shunday ko‘ngilsiz hodisaga duch kelgan. Mashinada haydovchi va sanitar xizmatchisi bo‘lgan. To‘qnash kelgan har ikki avtomashina ichida bo‘lgan birorta shaxsga jiddiy jarohat yetmagan. Faqat har ikki avtomashinada ham shikastlanishlar yuqori. Muhimi, inson salomatligiga putur yetkazuvchi yoki hayotiy xavf yetmagan», — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali direktori o‘rinbosari Azizbek Bobojonov.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring