Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chilonzorda Lacetti yonib ketdi

Chilonzorda Lacetti yonib ketdi

Bugun, 12 mart kuni Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasida soat 16:15 larda, haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan A.T.ga tegishli Lacetti rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi oqibatida, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, deyiladi IIBB YHXB xabarida.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring