Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘ldi.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining birlamchi xabariga ko‘ra, joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 22:13 da poytaxtning Chilonzor tumanining yettinchi kvartalida joylashgan 59-uyda, gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Voqea yetti qavatli uyning 36-kvartirasida sodir bo‘lgan.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun vazirlikning yong‘in-qutqaruv ekipaji darhol voqea joyiga yetib bordi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yo‘q. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring