Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada haydovchi o‘zi janjallashgan shaxsni qasddan urib ketdi: Bosh prokuratura izohi

Farg‘onada haydovchi o‘zi janjallashgan shaxsni qasddan urib ketdi: Bosh prokuratura izohi

Farg‘onada haydovchi bir shaxsni qasddan urib ketgani tasvirlari paydo bo‘ldi. Bosh prokuratura ish haqida ma’lumot berdi. 

Farg‘ona shahrida fuqaroni mashinada urib yuborgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar berilgan.

Mazkur jinoyat ishi hujjatlari prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganishda ayblanuvchi shaxsning xatti-harakatlarida qasddan odam o‘ldirish jinoyati alomatlari mavjudligi aniqlanganligi sababli, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga qayta malakalandi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida. 

Hozirda prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha,  joriy yilning 10 iyul kuni fuqaro F.Z. Farg‘ona shahar O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tanishi M.A. bilan o‘zaro gap talashib janjallashib, o‘ziga tegishli “Lacetti” rusumli avtomobilida M.A.ni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring