Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda yuk mashinasi uxlab yotgan ishchilarni bosib ketdi, 15 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda yuk mashinasi uxlab yotgan ishchilarni bosib ketdi, 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: «BBC News»

Hindistonning Gujarat shtatida yuk mashinasi yo‘l chetida uxlab yotgan ishchilarni bosib ketishi natijasida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayangan holda «BBC News» xabar bermoqda.

Yuk mashinasi traktor bilan to‘qnashgandan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan. Avtomobil bosib ketgan ishchilar Rajastan shtatidan kelgan muhojirlar ekanligi aytilmoqda. Ularning olti nafari tirik qolgan, ular turli darajadagi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi Twitterda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. U hodisani fojia deb atadi va jarohat olganlarning tezroq tuzalishi uchun ibodat qilayotganini aytdi.

«BBC News» xabariga ko‘ra, Hindiston shaharlarida ishchilar o‘zlarini xavf ostiga qo‘yib ko‘pincha piyodalar yo‘lakchasida yotib uxlashadi. Ustiga-ustak, Britaniya kanali o‘tgan yili 16 kishi yuk poyezdining g‘ildiragi ostida halok bo‘lganligi haqidagi voqeani yodga soldi: ular temir yo‘lda tunab qolishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring