Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hududgaz Farg‘ona» yetakchi muhandisi qo‘lga olindi

«Hududgaz Farg‘ona» yetakchi muhandisi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Unda «Hududgaz Farg‘ona» GTF Marg‘ilon shahar gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi A.T. fuqaro N.M.ning noturar joy ob’yektini gaz tarmog‘iga ulash uchun texnik hujjatlarni tayyorlab berish hamda ruxsat olib berish evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring