Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Instagram va Telegramdagi ekstremistlar ushlandi

Instagram va Telegramdagi ekstremistlar ushlandi

Farg‘onada DXX va IIV xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ekstremistlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlangan.

Qayd etilishicha, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Telegramda akkaunt ochib, konstitutsion tuzumni ag‘darishga qaratilgan va «Islom davlati» terrorchilik tashkilotiga tegishli diniy materiallarni tarqatib kelgan.

2000 yilda tug‘ilgan boshqa bir farg‘onalik fuqaro ham Instagram sahifasi orqali jihodga oid videochiqishlar va audiomatnlar joylashtirib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida qo‘poruvchilik sodir etishni rejalashtirgan bir guruh shaxslar ushlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring