Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda yuk mashinasi «Neksiya»ni «yanchib yubordi»

Jizzaxda yuk mashinasi «Neksiya»ni «yanchib yubordi»

Kuni kecha, 15-iyun kuni soat 18:20 larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar hududidan o‘tgan 4R-36 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan E.Q. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi, 1974-yilda tug‘ilgan D.E. boshqaruvida bo‘lgan «SHACMAN» rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi E.Q. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan D.N. turli tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etishgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 2010 yilda tug‘ilgan A.S. va 1994 yilda tug‘ilgan A.A.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring