Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jondorda tok urishi oqibatida vafot etganlar yaqin qarindosh ekani aniqlandi

Jondorda tok urishi oqibatida vafot etganlar yaqin qarindosh ekani aniqlandi

Buxoro viloyati, Jondor tumanida tok urishi natijasida vafot etganlar  aka-ukaning farzandlari ekani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Jondor tumanidagi Bahoroiston mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Turob Izzatov ma’lum qildi.

Holatga ko‘ra, joriy yilning 7 oktyabr kuni Jondor tumanidagi Bahoriston mahallasi fuqarosi S.N.ning xonadonida yangi hovli-joy tiklash maqsadida yaqin qarindoshlari hasharga kelishgan.

Uy tomlarini suvoqlash uchun temir narvonga ko‘tarilishgan xonadon egasining jiyanlari — 30 yoshli M.R. (S.N.ning ukasining o‘g‘li) hamda 34 yoshli Sh.R. (S.N.ning akasining o‘g‘li)lar ehtiyotsizlik oqibatida katta kuchlanishli elektr energiyasi simiga tegib ketishgan.

Tok har ikkisini ham bir vaqtning o‘zida kuchli zarb bilan yerga uloqtirib yuborgan. Xuddi shu paytda ularning yaqin qarindoshlari Sh.N. hamda O.K.lar ham pastda ishlashayotgan bo‘lishgan. Ular ham yuqori kuchlanishli elektr toki urishi oqibatida ziyon ko‘rishgan.

«M.R. hamda Sh.R.lar voqea joyida vafot etishgan. Har birining uch nafardan farzandi bor. Sh.N. hamda O.K.larni zudlik bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib ketishgan. Ayni paytda ular tibbiy muolajalar olib, oyoqqa turishgan. Fuqaro S.N. esa jiyanlarining ta’ziya xarajatlarini qoplamoqda. Butun boshli bir oilaga kelgan ayanchli holat hammani qayg‘uga solmoqda», — dedi mahalla raisi.

Holat yuzasidan Jondor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holatga qonunda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring