Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kanadada samolyot qulashi oqibatida 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Kanadada samolyot qulashi oqibatida 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Asli o‘zbekistonlik, AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Otabek Obloqulovning do‘sti Mehmet Bastining so‘zlariga ko‘ra, ular Kingston shahrida to‘xtab o‘tmoqchi bo‘lishgan. Bu haqda Kanadada istiqomat qiluvchi jurnalist va bloger Farhod Fayzullayev xabar berdi. 

Samolyotda Obloqulovning turmush o‘rtog‘i va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari bo‘lgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli O‘zbekistondan bo‘lgan Bobomurod Nabiyev va uning turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan.

Samolyot Kingston shahrining shimoli-g‘arbiga, quyuq o‘rmonga qulagan. Fojia natijasida samolyotning barcha yo‘lovchilari halok bo‘lgan.

Halokat sabablari o‘rganilmoqda. Qoidaga ko‘ra, bunday kichkina samolyotlarda «qora quti» bo‘lishi majburiy bo‘lmagan. Kanada meteorologiya xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, samolyot qulagan paytda hududda kuchli shamol esgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring