Katta miqdordagi oltinni Dubayga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Dubayga olib ketilayotgan salkam 2 kg oltin to‘xtatib qolindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari hamkorligida Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida katta miqdordagi oltin quymalarning mamlakatdan noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi.
Xususan, «Toshkent – Dubay» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirgan, 1980-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxsning yuklari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada unga tegishli chemodanning ichki tayanch qismiga jami
1 kg 923 gr oltin quymalar yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga 1992-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan sudlangan fuqaroning aloqadorligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter