Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MAN» avtobusida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

«MAN» avtobusida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Joriy yilning 13 noyabr kuni soat 16:30 da, «12-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|947 YJA bo‘lgan, «MAN» rusumli avtobusda yong‘in hosil bo‘lgani haqida video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu avtobus 2022 yili ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 97 500 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in avtobus haydovchisi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligiini inobatga olib, yong‘inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod «TRUCK and BUS MOTORS» MChJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.

Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda «Toshshahartransxizmat» AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring