Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda ayol va o‘qituvchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Namanganda ayol va o‘qituvchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Videodan kadrlar

Ijtimoiy tarmoqda Namanganda maktabda ayollar o‘rtasida janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Joriy yilning 19 aprel kuni kuni Davlatobod tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga tumandagi 54-maktab o‘qituvchisi maktabda janjal bo‘layotganligi haqida xabar bergan.

Hodisa joyiga hudud profilaktika inspektori yetib borib, maktab o‘qituvchilari va ayol o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilikni bartaraf qilgan va zaruriy hujjatlarni rasmiylashtirgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring