Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda bir guruh bank xodimlarining qilmishi fosh etildi

Namanganda bir guruh bank xodimlarining qilmishi fosh etildi

Foto: Xabar.uz

Kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun kelib tushgan mablag‘ni o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda tijorat banki Namangan mintaqaviy markazi xodimlari K.D., O‘.M., M.D. va N.A. «Z.s.» MChJga ajratilgan kreditning muddati o‘tgan qarzdorligini so‘ndirish uchun kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan transport vositalarini sotishdan tushgan 142 mln so‘mni kredit to‘loviga yo‘naltirmasdan, bank xodimi A.A.ning nomiga naqd pul ko‘rinishida chiqim qilib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring