Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda «suv janjali» oqibatida bir kishi vafot etdi

Namanganda «suv janjali» oqibatida bir kishi vafot etdi

6-iyul kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan N.O. To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1958-yilda tug‘ilgan M.N. bilan suv talashib o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan bosh qismiga urgan.

Natijada M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan. So‘ngra N.O. M.N.ni To‘raqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan.

M.N. olgan tan jarohati bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, 10-iyul kuni vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhumning badanida tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi, uning o‘limi bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to‘qima ostiga qon quyilishidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring