Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda somon ortilgan traktorda yong‘in chiqdi

Navoiyda somon ortilgan traktorda yong‘in chiqdi

Foto: FVV

Ijtimoiy tarmoqlarda «Harakatlanib ketayotgan traktordagi uch pritsep somon yonib ketibdi» sarlavhali ma’lumot tarqaldi. FVV vaziyatga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 4 iyul kuni soat 16:47da Navoiy viloyati Navbahor tumani, «Mehnat» MFY hududidan o‘tuvchi «Uchtut-qalqon» yo‘lining 3 km.da harakatlanib ketayotgan traktor  tirkamalaridagi somon yonayotganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
 
Voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 17:02 da yetib borishib, yong‘in soat 17:06 da qurshab olingan va soat 17:15 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘indan traktor tirkamalaridagi 300 dona somon press hamda tirkamaning 1 dona g‘ildirak shinasi yongan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring