Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nogiron shaxsdan pora olayotgan shifokor qo‘lga olindi

Nogiron shaxsdan pora olayotgan shifokor qo‘lga olindi

Foto: Xabar. uz

Buxoro viloyati, Jondor tumani tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi nogironligi bor shaxsdan pora undirayotganida qo‘lga olindi.

Bu haqda “Xabar.uz”ga ma’lum qilgan Buxoro viloyati IIB xodimining bildirishicha, holat joriy yilning 25 aprel kuni sodir bo‘lgan. Holatga ko‘ra, U.N. bemor R.Ch.ni aldab, vakolatli tanishlari orqali uning nogironlik nafaqasiga chiqishida kerakli hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgan va evaziga undan 200 AQSh dollari talab qilgan. R.Ch. buncha mablag‘i yo‘qligi va iqtisodiy sharoitga ega emasligini tushuntirgan. Biroq, U.M. “talabi” bajarilsayotgani uchun bemorning tashvishini paysalga solib kelavergan. R.Ch. bu haqda huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Kelib tushgan murojaat Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Jondor tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari va boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlari davomida shifokor nogironligi bor shaxsdan Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning ma’muriy binosida talab qilingan pullarni olayotgan paytida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring