Nurafshonda hisobchi, Chiroqchida mudir pora bilan ushlandi
Ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligidatezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi L.S. ushbu tibbiyot birlashmaning yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar S.E. va M.O.ni farrosh vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli OShP mudiri Q.L. fuqaro Z.X.ni OShPga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter