Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar 9 kishini vayronalar ostidan chiqarib oldi

Turkiyaga yetib borgan O‘zbekiston FVV bo‘linmalari tomonidan 8 fevral soat 08.00 holatiga ko‘ra vayronalar ostidan 9 kishi (5 nafar erkak va 4 nafar ayol) tirik holda qutqarildi hamda 12 kishining jasadi olib chiqildi.

FVV ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 8 fevral kuni soat 8:00 ga qadar  132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston FVV bo‘linmalari Turkiyaning asosan o‘zbeklar yashaydigan Hatay provensiyasidagi qishloqda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring