Qashqadaryoda soxta prokuror qo‘lga olindi
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan «soxta prokuror» ushlandi.
Bosh prokuratura, Departamentning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi va Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda zaxiradagi kichik serjant U.K. fuqaro A.O.ga o‘zini go‘yoki Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi deb tanishtirib, uning ukasi L.O.ni 3 000 AQSh dollari evaziga Mudofaa vazirligining yuqori lavozimlarida ishlovchi tanishlari orqali Mudofaa vazirligi tizimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, kelishilgan puldan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter