Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada halokatga uchragan o‘zbekistonliklarning ahvoli ma’lum qilindi

Rossiyada halokatga uchragan o‘zbekistonliklarning ahvoli ma’lum qilindi

O‘zbekiston elchisi Samara viloyatida baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan mamlakatimiz fuqarolariga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam bilan tanishdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Samara viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Armen Benyan bilan birgalikda hududdagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, avtohalokatda jabrlangan mamlakatimiz fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi.

Samara viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ta’kidlaganidek, barcha jarohatlanganlar hududdagi 4 ta kasalxonada zarur tibbiy muolajalar olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 8 aprelga o‘tar kechasi Ural-Muxanovo trassasida Chimkent-Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobus ishtirokida yuz bergan YTHda ikki kishi qurbon bo‘lgan, ko‘plab yo‘lovchilar jarohatlangan edi. 

Voqea joyida tibbiy xizmat tezkorlik bilan ish olib bordi, 10 nafar tez tibbiy yordam brigadasi va viloyat tabiiy ofatlar tibbiyot markazi brigadasi ish olib bordi.

Ta’kidlanishicha, 18 bemorning ahvoli o‘rta og‘ir, 2 nafari qoniqarli va yana 2 nafari o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.

Mamlakatimiz diplomatlari tibbiyot muassasalari ma’muriyati, Samara viloyati ichki siyosat boshqarmasi milliy va diniy siyosat bo‘limi boshlig‘i Mariya Kupsova bilan ham tibbiy yordamni tashkil etish masalalarini muhokama qilgan.

Elchi B.Asadov viloyat hukumati va huquqni muhofaza qilish organlariga, shuningdek, avtohalokatda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yuqori malakali yordam ko‘rsatayotgani uchun Samara tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring