Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi

Rossiyada o‘zbekistonliklarni olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi

Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 8 aprel kuni soat taxminan 01:00 (Toshkent vaqti bilan 02:00) da Samaraning Kinel tumanida sodir bo‘lgan. Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan Scania rusumli avtobus O‘zbekiston fuqarolarini Nijniy Novgorodga olib ketayotganida ag‘darilib ketgan. Oqibatda ikki yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan, yana 10 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Haydovchi avtobusni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamaydigan tezlikda boshqargani aytilmoqda. Politsiya avtohalokat sabablarini aniqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi Aktobe oblasti Algin rayoni hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring