Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada tojikistonliklar va KXDR fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Rossiyada tojikistonliklar va KXDR fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

Foto: «akhbor-rus.com»

Internetda Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida bo‘lib o‘tgan Tojikiston va KXDR fuqarolari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv lavhasi tarqaldi. «Turgenev» nomli kompleksda bo‘lib o‘tgan bu tartibsizlikdan so‘ng politsiya 49 kishini hibsga oldi.

Qurilish maydonidagi mushtlashuvda har ikki tarafdan 20 nafardan ortiq kishi qatnashgan. Ko‘pchilik chetda tomosha qilib turgan bo‘lsa, ayrim quruvchilar mushtlashayotganlarni ajratishga uringanlar.

Ziddiyat anchagina jiddiy tus olganiga qaramay hech kim tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagani hayratlanarli. Chunki videolavhada har ikki taraf tayoqlar, artamuralardan foydalangani ko‘rinab turibdi.

Ta’kidlash joiz, vaqti-vaqti bilan internet va boshqa OAVda muhojirlarning turli millat yoki guruhlarga bo‘linib uyushtirgan janjallari haqidagi lavhalar tarqalib turadi. Ammo Tojikiston va KXDR fuqarolari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv ilk bor yuz berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring