Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda yo‘qolgan voyaga yetmagan bola bir yildan keyin topildi

Samarqandda yo‘qolgan voyaga yetmagan bola bir yildan keyin topildi

Foto: Samarqand viloyati IIB,

2022-yil 25-fevral kuni Samarqand viloyati, Ishtixon tumani «Chaqar» mahallasida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan B.Turg‘unov yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgandi.

Shu bo‘yicha uning yaqin qarindoshlari ariza bilan murojaat qilishgan.

Holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari olib borilgan. 

Samarqand viloyati IIB xabariga ko‘ra, 2023-yil 27-mart kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB profilaktika katta inspektori mayor A.Bobonazarov o‘zining xizmat hududi bo‘lgan Samarqand shahar Yangiqo‘rgon mahallasida profilaktik tadbirlarni o‘tkazayotgan vaqtida bola mahalla hududida yurganligi aniqlangan.

So‘ngra u Ishtixon tumani IIB xodimlariga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring