Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura ona va bolaning o‘ldirilishiga oid jinoyat tafsilotlarini ochiqladi

Prokuratura ona va bolaning o‘ldirilishiga oid jinoyat tafsilotlarini ochiqladi

Foto: «Xabar.uz»

Sirdaryoda 30 yoshlar chamasidagi erkak ikki nafar qarindoshini (ona va bolani) vahshiylarcha o‘ldirib, jasadlarini molxonada yoqib yuborgangani xabari berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz» so‘roviga binoan ma’lum qilishicha, fojia bugun – 1 iyun kuni tong saharda ro‘y bergan. Ya’nikim, Boyovut tumani «Sarmich» MFYdagi xonadonlardan birida istiqomat qiluvchi 31 yoshli H.I. uy-joy yuzasidan kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik natijasida o‘zi bilan birga yashab kelgan xolasining 28 yoshli o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yadi. Shundan so‘ng sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida shu usulda xonadon ichkarisida uxlayotgan 63 yoshli xolasining ham hayotiga zomin bo‘ladi. Keyin murdalarni xonadon molxonasiga olib kirib, ustilariga ko‘rpa-to‘shak va somon tashlab yoqib yuboradi.

Holat yuzasidan bugunning qasddan odam o‘ldirish alomatlari bilan (Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, H.I. ushlagan.  Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayni paytda ona-bolaning o‘limi yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring