Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi toshqin hududida qolib ketgan o‘nlab insonlar qutqarildi – FVV

Sirdaryodagi toshqin hududida qolib ketgan o‘nlab insonlar qutqarildi – FVV

Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori toshqini epitsentriga aylangan hududdan navbatdagi ma’lumotlar taqdim qilindi.

FVV matbuot xizmati rahbari Samandar Hikmatullayevning qayd etishicha, falokatning eng katta zarbasi suv ombori atrofidagi bir necha aholi punktlariga bo‘ldi. Ayni daqiqalarda FVV xodimlari IIV va Milliy gvardiya vakillari bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishmoqda. Ushbu soatlarga qadar o‘nlab insonlarning hayoti qutqarib qolindi. Odamlarning halok bo‘lganligi haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring