Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv ta’minoti xodimini urgan shaxs qo‘lga olindi

Suv ta’minoti xodimini urgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Bosh prokuratura.

Suv ta’minoti xodimini urgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan suv ta’minoti xodimi kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 9-mart kuni «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJning O‘zbekiston tumani filiali inspektori D.S. tumandagi Sochtepa ko‘chasida joylashgan xonadonlardan biriga borgan. Ushbu xonadonda suv ta’minoti holatini o‘rganish davomida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hisoblagich mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilishi haqida ma’lum qilingan vaqtda ushbu xonadonda yashovchi fuqaro Fazliddin Pardayev xizmat vazifasini bajarayotgan inspektor D.S.ga qarshilik qilib, janjallashgan. Janjal davomida F.Pardayev o‘sha yerda bo‘lgan yog‘och bo‘lagi bilan inspektor D.S.ning bosh qismiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Gumonlanuvchi F.Pardayev protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring