Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talaba qiz yotoqxonaning baland qavatidan o‘zini tashladi

Talaba qiz yotoqxonaning baland qavatidan o‘zini tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan texnikumga qarashli 5 qavatli qizlar yotoqxonasidan  bir qiz o‘zini derazadan tashlaganligi haqida xabar tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 30 noyabr kuni soat 19.00larda Qarshi shahrida joylashgan «Abu Ali ibn Sino» nomidagi jamoat salomatligi texnikumining yotoqxonasida yashagan 2-bosqichda o‘qigan talaba qiz (2001 y.t.) yotoqxona 4-qavatidan sakrab o‘z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o‘lim sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring