Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Telegram»dagi katta pul orzusi: talaba sodda fuqaroni chuv tushirdi

«Telegram»dagi katta pul orzusi: talaba sodda fuqaroni chuv tushirdi

Foto:«Xabar.uz»

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro M.Yu. tuman Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi.

Murojaatga ko‘ra, noma’lum shaxs 2021-yilning 10-aprel kuni qizi E.N. ning telefoniga ulangan «Telegram» messenjeri orqali pul yutug‘i chiqqanligi va yutuqni olish uchun plastik karta raqamini yuborish lozimligini aytib, qizning nomiga rasmiylashtirilgan va ushbu telefonga ulangan plastik karta maxfiy kodi va raqamlarini olishga erishib, plastik karta hisobida bo‘lgan jami 2.551.000 so‘m pullarni yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari surishtiruvida ushbu ishni talaba X.H. sodir qilganligi aniqlangan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring