Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV: Magnitogorskdagi hodisa oqibatida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

TIV: Magnitogorskdagi hodisa oqibatida halok bo‘lganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q

Foto: «Korrespondent.net»

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Magnitogorsk shahrida turar-joy binosining qulashi natijasida qurbon bo‘lganlar orasida 2019 yilning 1 yanvar kuni ertalab holatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, 31 dekabr kuni ertalab sodir bo‘lgan Magnitogorsk fojiasi bo‘yicha vaziyatni Bosh konsulxona jiddiy nazoratga olgan.

Avvalroq Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova hodisa oqibatida 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi jabrlangani, u vayronalar ostida 7 soat qolib ketib, oxirgilardan bo‘lib chiqarib olingani va operatsiya qilinib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring