Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda KIA haydovchisi poyga o‘ynab, piyodani urib yubordi

Toshkentda KIA haydovchisi poyga o‘ynab, piyodani urib yubordi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida 27 yoshli yigit YTH oqibatida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9 may kuni soat 17:00 larda Sergeli tumanining Qumariq ko‘chasi, Avtotyuning ustaxonasi qarshisida haydovchi A.X. (2000 yilda tug‘ilgan) KIA rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda D.K.ni (1997 yilda tug‘ilgan) urib yuborgan. Ma’lumotlarga ko‘ra,  haydovchi poyga o‘ynayotgan bo‘lgan. 

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilganda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring