Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

19 iyul kuni soat 17:00 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. 

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, «Yutong» rusumli yo‘lovchi avtobusi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1972 yilda tug‘ilgan G‘.K.ni urib yuborgan.

«Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabarida aniqlik kiritilishicha, avtobus Bobur ko‘chasi bo‘ylab Aeroport ko‘prigidan Askiya bozori chorrahasiga yaqinlashgan vaqtda, yo‘lning qatnov qismida piyodalar uchun belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotganida G‘.K oldidan yengil avtomashina chiqishi natijasida to‘satdan orqaga harakatlangani sababli, avtobus uni urib yuborgan.

Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida 16-sonli shahar shifoxonasiga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring