Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda elektr ta’minoti tiklanmoqda

Toshkentda elektr ta’minoti tiklanmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblokidan 5 tasi barqaror faoliyat yuritishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan poytaxtimiz va uning atrofida elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanib, elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

Misol uchun, elektr ta’minotida yirik nosozlik kuzatilgunga qadar Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblogi ishlab turgan edi. Ayni paytda esa sozlash-tiklash ishlari olib borilib, ularning 5 tasi barqaror ish faoliyatiga keltirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring