Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ro‘y bergan YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

Toshkentda ro‘y bergan YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

2022-yil 7-avgust kuni taxminan soat 20.30larda Farg‘ona yo‘li ko‘chasi va Badaxshon ko‘chasi chorrahasida ikkita transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

1964-yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi «Spark» rusumli (davlat raqami 01 Q 285 QA) avtomobil va 1997-yilda tug‘ilgan A.Q. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli (davlat raqami 10 D 579 QA) avtomobil o‘zaro to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

To‘qnashuv natijasida «Spark» rusumli avtomobil yo‘lovchilari voyaga yetmagan 2017-yilda tug‘ilgan M.M., 1968-yilda tug‘ilgan M.O., «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi A.Q.lar tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

«Spark» rusumli avtomobil haydovchisi M.O. va yo‘lovchisi 1959-yilda tug‘ilgan D.E.lar olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring